08 jan 16:01
Yangiliklar
Boks/MMA
Ramazon Temirov yana bir doping tekshiruvidan muvaffaqiyatli o'tdi va keyingi jangi qachon bo'lishini aytdi
O'ta engil vazn toifasida faoliyat olib boruvchi o'zbekistonlik UFC jangchisi Ramazon Temirov navbatdagi jangi haqida malumot berdi.
Hamyurtimiz kuni kecha UFC tomonidan o'tkazilgan navbatdagi doping tekshiruvidan muvaffaqiyatli o'tganini xabar qildi.
"UFC'ning doping nazorati bo'yicha javoblari Alhamdulillah, yaxshi chiqdi. Ketma-ket uchinchi marta topshirishim. Har oy kelib, olib ketishyapti. Xudo xohlasa, mart oyida janglarga qaytamiz, In SHa Alloh. Mart oyida keyingi jangimni sanasi aniq bo'ladi. Ungacha hayotimda ozgina o'zgarishlar bo'ladi. Yaqinda uylanyapman, In SHa Alloh. Lekin har qanday vaziyatda ham mashg'ulotlarni to'xtatmasdan, oldinga harakat qilamiz", deb aytib o'tgan Temirov.
Malumot uchun, Ramazon UFC'da hozirgacha 2 ta jang o'tkazib, ularning har ikkalasida g'alaba qozongan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar