16 dek 15:17
Yangiliklar
Boks/MMA
Ramazon Temirovga yaxshigina raqibni taklif qilishdi
14 dekabr kuni AQSHning Las-Vegas shahrida MMA bo'yicha UFC Vegas 112 turniri bo'lib o'tgandi.
Musobaqa doirasida o'ta engil vazn toifasida UFC reytingida ikkinchi o'rindagi amerikalik Brendon Royval Portugaliya vakili Manel Kapega yutqazib, to'rtinchi pog'onaga tushib ketdi.
FightHQTV nashri ushbu turnir yakunlaridan kelib chiqib, Royval uchun keyingi jangni taxmin qildi. Nashr Royvalga o'zbekistonlik UFC jangchisi Ramazon Temirovni raqib sifatida ko'rsatgan.
Ramazon hozirda doping uchun diskvalifikaciya muddatini o'tkazmoqda. U UFC'da hozirgacha 2 ta jangda qatnashib, har ikkisida raqiblaridan ustun kelgan. Reytingda 13-o'ringa qadar ko'tarilgan.

Havola :
Manba : FightHQTV
Fikrlar