07 apr 13:52
Yangiliklar
Boks/MMA

Ramazon Temirovning vaznidagi chempionga yangi jang berildi - manba
O'ta engil vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Aleksandr Pantojaning keyingi raqibi haqida malumotlar paydo bo'ldi.
Xorijiy OAVda tarqalgan malumotlarga ko'ra, Pantoja 28 iyun kuni Las-Vegas shahridagi T-Mobile Arena'da tashkil etiladigan UFC 317 turniri doirasida oktagonga ko'tariladi.
Unga o'sha kuni Yangi Zelandiya vakili Kay Kara-Frans raqiblik qilishi rejalashtirilgan.
Bu Pantoja uchun chempion sifatidagi uchinchi himoya jangi bo'ladi.
Mazkur vazn toifasida faoliyat yurituvchi o'zbekistonlik Ramazon Temirov ayni damda UFC reytingida 13-o'rinni band etib turibdi.
Havola :
Manba : Main Card
Fikrlar