14 may 12:24
Yangiliklar

Ramazon Temirovning vaznidagi chempionlik jangi rasman elon qilindi + POSTER
Ular orasida o'ta engil vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Aleksandr Pantoja ham bor. Braziliyalik aralash yakkakurash ustasi 28 iyun kuni AQSHning Las-Vegas shahrida tashkil etiladigan UFC 317 turnirining co main-event jangida oktagonga chiqadi. CHempionning raqibi kutilganidek, reytingning to'rtinchi pog'onasida borayotgan Yangi Zelandiya vakili Kay Kara-Frans bo'ladi.
Bu Pantoja uchun uchinchi chempionlik himoya jangi bo'ladi. 2023 yilning iyul oyida u Brendon Morenoni mag'lubiyatga uchratib, kamarni tortib olgandi. SHundan keyin 35 yoshli Aleksandr uchta muvaffaqiyatli chempionlik janglarini o'tkazdi. Brendon Royval va Stiv Ercegni ochkolar bo'yicha mag'lub etdi, Kay Asakurani esa bo'g'ib qo'ydi.
32 yashar Kay Kara-Frans esa o'tgan yilning avgust oyida Ercegni texnik nokautga uchratgan edi. Bu bilan zelandiyalik jangchi Moreno va Amir Albazidan qabul qilib olgan mag'lubiyatlar seriyasini yopgandi.
Malumot uchun, UFC 317 turnirining asosiy jangi Iliya Topuriya va CHarlz Oliveyra o'rtasida bo'lib o'tadi. Jangchilar Islam Maxachevdan vakant qolgan kamar uchun o'zaro oktagonga chiqishadi.
Fikrlar