15 mar 16:16
Yangiliklar
Boks/MMA
Ramires Bivol bilan revansh jangini o'tkazmoqchi
Meksikalik sobiq jahon chempioni Xilberto Ramires rossiyalik Dmitriy Bivolga qarshi jang haqida gapirdi.
"Bu mening oqshomim emas edi va bu haqda raqibimga aytmoqchi edim. Kelajakda albatta revansh jangini o'tkazishni istardim.
Qaytganimdan xursandman. Oxirgi jangimdan keyin o'ylashga ko'p vaqtim bo'ldi. Gayb Rosado kabi faxriyga qarshi jangni intiqlik bilan kutyapman. Hamma kabi mening ham maqsadlarim, orzularim va eng yuqori pog'onada bo'lishga intilishim bor va bugun o'zimni har qachongidan ham kuchliroq his qilyapman", - dedi Ramires.
Hozirda Xilberto Ramires 31 yoshda. Jangchi professional ringdagi debyutini 2009 yil avgust oyida o'tkazgan. 2016 yil aprel oyida u Artur Avraxamni mag'lub etib ikkinchi o'rta vazn toifasida WVO chempionlik kamarini qo'lga kiritgan.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar