06 may 16:53
Yangiliklar
Boks/MMA

Ramon Kardenas: "Murabbiyimga yiqilsam ham taslim bo'lmasligimni aytgandim"
Amerikalik bokschi Ramon Kardenas ikkinchi eng engil vaznning mutlaq chempioni Naoya Inoue bilan bo'lib o'tgan jangi haqida gapirdi.
"Men jang paytida umuman havotirlanmadim. Gap eng yaxshi bokschiga qarshi o'tkazgan eng yaxshi jangim haqida ketyapti. Las-Vegasda minglab odamlar ko'z oldida boks tushishni orzu qilardim. Bu erga borimni berish uchun kelgandim. Murabbiyimga yiqilsam ham taslim bo'lmasligimni aytdim. SHunday qildim ham. Xafa emasman, lekin asabiylashyapman", dedi Kardenas.
Eslatib o'tamiz, dushanba tongidagi jangda Naoya 8-raundda texnik nokaut orqali g'alaba qozongan edi.
Havola :
Manba : The Ring
Fikrlar