So’nggi yangiliklar

11:40Шара Буллетнинг жанги расман тасдиқланди + ПОСТЕР 0 11:09“Насаф” аёллар жамоаси Осиё Чемпионлар лигаси 1/4 финалига чиқди 0 10:38Умматалиев ғалаба қозонган оқшомнинг асосий жанги WBC камари учун кечди 0 10:07UFC Vegas 124: Қирғиз жангчиси 12-ғалабасини қўлга киритди 0 09:36Оғир вазнлилар иштирокидаги UFC Fight Night 293 турнирининг асосий жангида нокаут! 0 09:05Туркия Суперлигаси. "Башакшеҳир" меҳмонда камбэк эвазига ғалабага эришди + ВИДЕО 0 08:34Диёра Келдиёрованинг қайси мусобақада қатнашиши маълум бўлди 0 08:03Қозоғистон Олимпиада-2028 учун илк лицензиясини қўлга киритди 0 07:32Синдаров ва Гукеш матчида вақт назорати маълум бўлди 0 07:01"Манчестер Сити" "Ноттингем Форест"га мағлуб бўлди, Ҳусанов 90 дақиқа ўйнади + ВИДЕО 0 23:59Жавоҳир Умматалиев профессионал рингда учинчи ғалабасини қўлга киритди 0 19:50"Мен нафас ололмай қолгандим". Топурия Гэтжи билан жангда олган жароҳатларини очиқлади 0 19:19Йен Мачадо Гэрри октагонга қайтмоқда 0 18:48Хамзат Чимаев: "Мен ҳақиқий чемпионман!" 0 18:17Фабио Каннаваро: "Агар А Серия клубидан таклиф тушса, буни..." 0

02 noy 10:53
Yangiliklar

Boks/MMA

Ramzan Kadirov Ankalaev va Duraevni UFC 267 turniridagi g'alabalari uchun alohida taqdirlaydi

CHecheniston Respublikasi rahbari Razman Kadirov Magomed Ankalaev va Albert Duraevni UFC 267 turniridagi g'alabalari uchun alohida rag'batlantirishga vada berdi.

"Aziz do'stlar! Menga ayniqsa, "Axmat" jangchilari Magomed Ankalaev va Albert Duraevning Abu-Dabidagi UFC 267 jangovar turniridagi chiqishlari yoqdi. Yigitlar ajoyib texnika ko'rsatib, jangovar qobiliyatlarini yaqqol namoyish etishdi. Ularning chiqishlari "Axmat" aralash yakkakurash klubi eng kuchli jangchilarni tayyorlayotganini yana bir bor isbotladi. 

SHu bilan birga, ishonchim komilki, jangchilarimiz o'z mahoratlarining faqat bir qismini ko'rsatishdi. Ular juda iqtidorli va istiqbolli sportchilar bo'lib, eng yaxshilar qatoriga chiqish uchun barcha imkoniyatlarga ega. Magomed Ankalaev va Albert Duraev yaxshi sport iqtidorlari bilan bir qatorda yuksak axloqiy fazilatlari bilan ajralib turadi. Ikkala jangchi ham jismoniy va manaviy jihatdan yuksalish ustida ishlamoqda. 

SHu bois yigitlarni UFC 267 turniridagi munosib natija uchun alohida taqdirlashga qaror qildim. Aminmanki, bu ularning kelajakdagi sport faoliyatlarida qo'shimcha rag'bat bo'lib xizmat qiladi”, - deb yozdi Kadirov "Instagram"da.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing