26 avg 09:38
Yangiliklar

Raqamlangan UFC 320 turniri kardi yana bir jang bilan to'ldirildi
Kardidan ikkita chempionlik jangi o'rin olgan turnirning yana bir qarama-qarshiligi elon qilindi. Yarimengil vazn toifasi reytingida sakkizinchi o'rinni egallab turgan amerikalik Josh Emmett o'zidan bir pog'ona quyida borayotgan marokashlik Yussef Zalalga qarshi oktagonga chiqadi. Bu haqda SHanxayda o'tgan UFC Fight Night 257 turniri doirasidagi matbuot anjumanida xabar berildi.
Malumot uchun, 40 yoshli Josh hisobida 19 g'alaba va 5 mag'lubiyat bor. Janglarining to'qqiztasini muddatini avval yakunlagan. Emmett professional MMAdagi debyut jangini 2011 yilning oktyabrida o'tkazgan. 28 yoshli Yussef esa MMAda 17 g'alaba, 5 mag'lubiyat va 1 ta durang qayd etgan. Zalal 2017 yilning avgust oyidan beri aralash yakkakurashchi sifatida janglarini o'tkazib kelyapti.
Eslatib o'tamiz, UFC 320 turnirining asosiy jangi yarimog'ir vazn toifasida amaldagi UFC chempioni rossiyalik Magomed Ankalaev hamda ushbu kamarning sobiq sohibi braziliyalik Aleks Pereyra o'rtasida bo'lib o'tadi. Bu Pereyra uchun revansh maqomidagi jang bo'ladi. Oqshomning co main-event jangi ham kamar uchun kechadi. O'ta engil vaznda UFC chempioni gruziyalik Merab Dvalishvili o'z titulini reytingning to'rtinchi pog'onasida borayotgan amerikalik Kori Sendhagendan himoya qiladi.
Fikrlar