14 okt 16:27
Yangiliklar
Boks/MMA

Raqib topa olmayotgan CHimaev Neyt Diasni jangga chorladi
UFC jangchisi Xamzat CHimaev Neyt Diasni oktagonga chorladi.
SHveciyalik aralash yakkakurash ustasi bu haqida o'zining "Tvitter"dagi sahifasiga xabar joylashtirdi.
"Men turli o'yinlarni o'ynamayman. Men jang qilaman. O'zingning nozik jasading deya olmayman, badaningni ko'tarib, Las-Vegasga kel. 19 dekabr kuni seni tarbiyalab qo'yaman. Men seni haqiqiy jangchisi sifatida bilaman, shunday ekan, kel oktagonda bellashamiz", — deydi CHimaev.
Eslatib o'tamiz, hozircha hech kim CHimaev bilan jangga rozilik bermayapti. Demen Mayya, Stiven Tompson, Kris Uaydman kabi jangchilar asli chechen bo'lgan CHimevning taklifiga rad javobini berishgan.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar