10 mar 11:03
Yangiliklar
Dzyudo
Rasman! 30 aprelgacha dzyudo bo'yicha barcha licenzion turnirlar bekor qilindi
Xalqaro dzyudo federaciyasi (IJF) koronavirus sabab mart va aprel oylarida o'tkaziladigan barcha licenzion turnirlarni bekor qilish bo'yicha qaror qabul qildi.
Biroz avval COVID-19 sabab 13-15 mart kunlariga mo'ljallangan Ekaterinburg "Katta Dubulg'a" turnirining ham o'tkazilmasligi haqida xabar bergan edik. Endi esa IJF Ijroiya qo'mitasi bir yo'la ikki oy davomida o'tkaziladigan barcha musobaqalarni bekor qildi.
Hozircha ushbu qaror 30 aprel kunigacha o'z kuchida qoladi. Bu sanaga qadar Ekaterinburg turniridan tashqari Tbilisi va Antaliyada o'tkaziladigan Gran-pri turkumidagi ikki musobaqa, shuningdek qita chempionatlari bor edi. Osiyo chempionati aynan aprel oyida Mo'g'ulistonda o'tkazilishi kerak edi va tabiiyki, bu musobaqa ham bekor bo'ldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar