19 fev 07:45
Yangiliklar
Rasman! Afsonaviy Menni Pakyao rus bokschisiga qarshi jang o'tkazadi + POSTER
Uning raqibi birinchi yarim o'rta vazn toifasida WBO sobiq chempioni rossiyalik Ruslan Provodnikov bo'ladi. 47 yoshli Menni va 42 yashar Ruslanning o'n raundlik jangi ko'rgazmalik jang maqomida bo'lib, yarim o'rta vazn toifasida o'tkaziladi.
Boks bo'yicha olti vazn toifasida sobiq jahon chempioni Menni Pakyao o'tgan yili to'rt yillik tanaffusdan so'ng professional faoliyatini qayta tiklagan va yarim o'rta vaznda jahon chempioni Mario Barrios bilan durang qayd etgan edi.
2016 yilda professional faoliyatini yakunlagan Ruslan Povodnikov esa shundan so'ng ikkita ko'rgazmali jang o'tkazdi. 2021 yilda Ali Bagautdinovni hakamlarning ayri qarori bilan mag'lub etdi. O'tgan yili esa Xose Luis Kastilo ustidan hakamlarning yakdil qarori bilan ustun keldi.

Fikrlar