08 dek 11:03
Yangiliklar
Boks/MMA

Rasman! Aralash yakkakurash ustamiz Bellator ligasi bilan shartnoma imzoladi, u Usman Nurmagomedov bilan bir oqshomda jang qiladi
O'zbekistonlik aralash yakkakurash ustasi Mirafzal Axtamov faoliyatini Bellator ligasida davom ettiradi.
Ahtamov mazkur liga bilan 4 ta jang uchun shartnoma imzolagani malum bo'ldi.
31 yoshli hamyurtimiz Bellator'dagi ilk jangini 25 yanvar kuni Dubayda (BAA) tashkil etiladigan Bellator Champions Series turniri doirasida o'tkazadi.
Hozircha Ahtamovga musobaqada kim raqib bo'lishi malum emas.
Musobaqaning markaziy jangi engil vaznda rossiyalik Bellator chempioni Usman Nurmagomedov va irlandiyalik Pol Xyuz o'rtasida kechadi.
Malumot o'rnida, Mirafzal Ahtamov hozirga qadar faoliyati davomida 8 ta jang o'tkazib, 7 ta g'alaba va 1 ta durang qayd etgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
O’xshash yangiliklar
14:55
Madrimovning vaznidagi qozog'istonlik bokschi prof faoliyatida ilk bor g'alaba qozona olmadi 0
Fikrlar