28 jan 09:44
Yangiliklar
Rasman. Bektemir Meliqo'zievning raqibi, jang sanasi va manzili elon qilindi. Hamyurtimiz yirik boks oqshomida ringga chiqadi
Hamyurtimiz Toshkent vaqti bilan 22 fevral tongida AQSHning Las-Vegas shahrida tashkil etiladigan prof boks oqshomining asosiy kardida ringga ko'tariladi. Bektemirga o'sha kuni Gana vakili Sena Agbeko raqib bo'ladi.
Oqshomning markaziy jangi yarim o'rta vazn toifasida WBC chempioni Mario Barrios va sobiq jahon chempioni Rayan Garsiya o'rtasida kechadi. Ikkinchi asosiy bahsda esa Richardson Xitchins o'z kamarini Oskar Duartedan himoya qilishga urinib ko'radi.
Bektemir hozirda WBA yo'nalishi bo'yicha chempionlik kamari uchun majburiy davogar bo'lib turibdi. Biroq tashkilot hozircha Meliqo'zievning to'laqonli chempion Armando Resendis bilan jangiga buyruq bermadi.
Malumot uchun, 29 yoshli Bek "Bulli" Meliqo'ziev prof faoliyati davomida hozirgacha 17 ta jang o'tkazib, 16 ta g'alaba va 1 ta mag'lubiyat qayd etgan. 33 yashar Sena Agbeko hisobida esa 29 ta g'alaba va 4 ta mag'lubiyat bor.
Musobaqaning to'liq kardi quyidagicha:

Fikrlar