20 fev 09:48
Yangiliklar
Boks/MMA

Rasman: Belal Muhammadga yangi raqib berildi + POSTER
Yarimo'rta vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Belal Muhammadning qozog'istonlik SHavkat Rahmonovga qarshi jangi bekor qilingani haqida xabar bergan edik.
Asli falastinlik chempion uzoq muddat raqibsiz qolib ketmadi. Uning UFC 315 turniri kardidagi jangi saqlab qolindi. AQSH sharafini himoya qilib kelayotgan Belal 11 may kuni Kanadaning Monreal shahrida tashkil etiladigan UFC 315 turnirida Jek Della Maddalenaga qarshi oktagonga chiqadi.
Bu xabar rasman UFC tomonidan tasdiqlandi va elon qilindi. Bu to'qnashuv UFC 315 turnirining asosiy jangi bo'ladi. Aslida Maddalena mart oyida Londonda tashkil etiladigan UFC Fight Night turnirida sobiq chempion Leon Edvardsga qarshi jang o'tkazishi kerak edi. Endi uning o'rnini yarim o'rta vazn UFC reytingida beshinchi o'rinni egallab turgan SHon Bredi egallaydi.
Havola :
Fikrlar