02 dek 09:08
Yangiliklar
Rasman! CHempionlar to'qnashuvi: Teofimo Lopes - SHakur Stivenson
Ushbu jang 31 yanvar kuni AQSHning Nyu-York shahrida The Ring 6 shousining asosiy voqeasi bo'ladi va DAZN platformasi tomonidan translyaciya qilinadi. Avvaliga jang Premier Boxing Champions (PBC) seriyasi doirasida bo'lib o'tishi taxmin qilingandi.
Professional ringda mag'lubiyatga uchramagan 28 yoshli Stivenson uchun ushbu bahs -63,5 kg vazn toifasidagi debyut jang bo'ladi. U so'nggi bor iyul oyida ringga ko'tarilib, Uilyam Sepedaga qarshi engil vazn toifasida WBC kamarini muvaffaqiyatli himoya qilgandi.
"Men hech qachon qiyinchiliklardan qo'rqmaganman va har doim eng yirik janglarga intilganman. CHunki men dunyoning eng yaxshi bokschilaridan biri ekanligimni bilaman", - dedi Stivenson. - 31 yanvar kuni men uning kamarini olib, unda nima borligini ko'rsatganimda, Teofimo Lopes buni o'z ko'zlari bilan ko'radi.
Malumot uchun, 28 yoshli Lopes 2022 yilda Jorj Kambossosga qarshi jangda engil vazn toifasidagi unvonlarini yo'qotib qo'yganidan keyin birinchi yarim o'rta vazn toifasiga o'tgandi. O'shandan beri u hech qachon mag'lub bo'lmadi - oltita jangning barida g'alaba qozondi.

Fikrlar