13 avg 07:47
Yangiliklar
Boks/MMA

Rasman! Dana Uayt Oq uyda UFC turniri o'tkazilishini elon qildi
Dunyoning eng kuchli Ligasi rahbari ushbu turnirning jang sanasini ham ochiqladi.
Unga ko'ra, 2026 yil 4 iyul kuni poytaxt Vashingtondagi Oq uy hududida UFC turniri bo'lib o'tadi.
"Bu albatta sodir bo'ladi," - dedi UFC prezidenti Dana Uayt CBS Mornings dasturi efirida.
Amaldorning so'zlariga ko'ra, u allaqachon AQSH prezidenti Donald Tramp bilan turnirni o'tkazish masalasini muhokama qilgan. Faqat texnik tafsilotlarni mamuriyat bilan kelishish qoldi xolos. Turnir Amerika Qo'shma SHtatlarining 250 yilligiga bag'ishlanadi.
Oq uyda bo'lib o'tadigan UFC tarixidagi ilk turnir ishtirokchilari tarkibi hozircha aniq emas.
Havola :
Manba : allboxing
Fikrlar