So’nggi yangiliklar

22:02Ян ММА тарихидаги уч буюк жангчини айтди 0 21:16"Башакшеҳир" йирик ҳисобда ғалабага эришди, Шомуродов ва Файзуллаевдан гол + ВИДЕО 0 20:04Усик хайрлашув жангида ким билан тўқнаш келмоқчи экани айтилди 0 19:11"Дакар" раллиси 20 йилдан сўнг Африкага қайтади 0 18:30Нега WBA Мунгия — Зон жангига рухсат берди? 0 17:52Хаби Алонсо "Челси"да "Реал" юлдузини кўришни истайди 0 17:05Темировнинг вазнидаги чемпион Пётр Ян билан жанг қилишга тайёр 0 16:11Ўзбекистон велоспортчилари Остонада 2 та медаль қўлга киритишди 0 15:15UFC Fight Night 292 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 14:42Полина ва Мария Гуанчжоу турнири чемпионлари! 0 14:10Россия терма жамоаси ёрдамчи мураббийи: "Ўзбекистон майдонга энг кучли таркиби билан тушишини истаймиз" 0 13:28UFC Fight Night 292 турнирининг барча натижалари битта хабарда 0 12:11Мадина Мирабзалова Serbia Open-2026 ғолиби бўлди, Светлана Саидова (Осипова) ҳисобида бронза! 0 11:29Раҳматулло Бойматов ҳам Жаҳонгир Зокиров билан бир оқшомда жанг қилади 0 10:45Эл класико вақтида "Реал" ҳимоячисининг хонадонига ўғрилар кирди — El Mundo 0

06 mar 17:15
Yangiliklar

Dzyudo

Rasman: Dzyudo bo'yicha O'zbekiston terma jamoalariga yangi bosh murabbiylar bilan tayinlandi

Avval xabar berganimizdek, dzyudo bo'yicha O'zbekiston erkaklar va ayollar terma jamoalarimiz murabbiylar shtabida o'zgarishlar ro'y bergandi.

Bir necha yil davomida terma jamoamiz bosh murabbiyi lavozimida samarali faoliyat yuritib kelgan Ilias Iliadis, shuningdek ayollar terma jamoamizda ishlagan germaniyalik Marko Spittka va yaponiyalik Mikki Tanaka bilan shartnoma muddatlari yakunlangani hamda ularning o'z rejalari borligi sabab do'stona xayrlashilgandi.

O'zbekiston dzyudo federaciyasi rahbariyati yangi murabbiylar masalasida bir nechta nomzodlarni ko'rib chiqdi va uzoq o'rganishlardan so'ng yakuniy qarorga kelindi. Hamyurtimiz Andrey SHturbabin ayollar, estoniyalik mutaxassis Aleksey Budolin esa erkaklar terma jamoamiz bosh murabbiyi etib tayinlandi. O'zbekiston dzyudo federaciyasida har ikki mutaxassis bilan rasmiy shartnoma imzolash marosimi bo'lib o'tdi.     

Malumot uchun, Andrey SHturbabin 2005 yildan 2017 yilgacha 12 yil davomida terma jamoamiz bosh murabbiyi lavozimida ishlagan. Andrey Anatolevich uch karra Olimpiya o'yinlari sovrindori, ikki karra jahon chempioni Rishod Sobirovning shaxsiy murabbiyi bo'lgan. Uning davrida Rishod Sobirovdan tashqari, Diyorbek O'razboev va Abdulla Tangriev ham Olimpiya o'yinlari sovrindoriga aylangan. Andrey SHturbabin IJF tomonidan 2011 yilning eng yaxshi murabbiyi, uning shogirdi Rishod Sobirov yilning eng yaxshi dzyudochisi deb topilgan. SHturbabin davlatimiz tomonidan "SHuhrat" medali, "Do'stlik" va "Mehnat shuhrati" ordenlari bilan mukofotlangan. O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan murabbiy shu kungacha Eron terma jamoasi hamda Sloveniyaning "Bejegrad" klubida murabbiy bo'lib ishlagan. Uning qo'l ostida eronlik dzyudochilardan Said Mollai jahon chempioni, Muhammad Muhammadi esa jahon chempionati sovrindori bo'lgan. Uning so'nggi ish joyi Qozog'istonning "Jenis" klubi edi. 

Estoniyalik mutaxassis Aleksey Budolin dzyudochilik faoliyati davomida Sidney-2000 Olimpiadasida bronza medalini qo'lga kiritgan. Jahon chempionatlarining kumush va bronza medali sovrindori hisoblanadi. SHuningdek, Evropa chempioni hamda to'rt marotaba sovrindori bo'lgan. Murabbiylik faoliyati mobaynida Estoniya terma jamoasi (2013-2016)da ishlagan. 2017 yildan shu kungacha esa SHveycariya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi. Uning qo'l ostida Nils SHtump 2023 yilda jahon chempioni bo'lgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing