06 fev 21:11
Yangiliklar
Boks/MMA

Rasman: Entoni Joshua 1 aprel kuni jang o'tkazadi
Entoni Joshuaning navbatdagi raqibi va jangi rasman malum bo'ldi.
Og'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni, britaniyalik bokschi Entoni Joshua (24-3) 1 aprel kuni navbatdagi jangini o'tkazadi. O'sha kuni unga amerikalik Jermeyn Franklin (21-1) raqiblik qiladi.
Jang 1 aprel kuni London shahrida joylashgan O2 arenasida o'tkaziladi.
Entoni Joshua so'nggi bor 2022 yil 20 avgust kuni ukrainalik Aleksandr Usikka (20-0) qarshi revansh jangida ringga ko'tarilib, hakamlar qarori bilan mag'lub bo'lgan edi. Jermeyn Franklin esa ohirgi jangini o'tgan yilning 26 noyabrida britaniyalik Dillian Uaytga (29-3) qarshi o'tkazib, ochkolar hisobiga mag'lub bo'lgan edi. Qayd etish lozim, bu Franklinning faoliyatidagi yagona mag'lubiyat bo'lib turibdi.
Havola :
Manba : DAZN
Fikrlar