26 fev 15:15
Yangiliklar
Boks/MMA
Rasman: Gennadiy Golovkin Qozog'iston Olimpiya qo'mitasi prezidenti bo'ldi
Qozog'istonlik taniqli bokschi Gennadiy Golovkin o'z mamlakatining Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti etib saylandi.
U bugun o'tkazilgan Bosh assambleyada mazkur lavozimga saylandi.
Bu lavozimda 2015 yildan beri Timur Kulibaev ishlab kelayotgandi.
Malumot uchun, Gennadiy Golovkin 1983 yilda Karagandada tug'ilgan. Olimpiya o'yinlari kumush medali sohibi (2004), jahon chempioni (2003). Professional boksda ham IBF, WBA va IBO kamarlari sohibi bo'lgan.
Havola :
Manba : Sports.kz
Fikrlar