So’nggi yangiliklar

19:12Қозоғистонлик боксчи Шоҳжаҳон Эргашевга жавоб қайтарди 0 18:30Одилхон Камолов "Alash & Mangu" турнирида жанг қилади 0 17:54"Барселона" январь ойида "Челси" футболчисини ижарага олишга тайёр 0 17:09Мунгия — Зон жанги ғолиби Бектемир Мелиқўзиев билан тўқнаш келади 0 16:40Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги жанги санаси ва манзили маълум — манба 0 16:27Кудерметова ва Тимофеева Гуанчжоу турнири финалига чиқди 0 15:15Сауль Альварес тарозига чиқди, бугун чемпионлик жанги! 0 14:44Дунёнинг энг яхши мураббийи номига номзодлардан бири овоз бериш якунларига кўра бирорта ҳам очко тўплай олмади 0 14:13Уч нафар эркин курашчимиз жой олган RAF рейтинги янгиланди 0 13:42Раҳмонов жамоасидагилар собиқ UFC чемпиони билан бўладиган жангга изоҳ беришди 0 13:11Александр Волков: "Жон Жонс энг буюк, лекин мен уни мағлуб эта оламан" 0 12:40"Арсенал" етакчиси "Бавария"га ўтиши мумкин 0 11:59Терма жамоамизнинг сўнгги гуруҳи Жаҳон чемпионатига йўл олди 0 11:28WTA 500. Раҳимова ва дунёнинг 23-ракеткаси ўртасида финал тақдири ҳал бўлди 0 10:47Суперлига. Бугун яна учта учрашув бор 0

24 mar 07:03
Yangiliklar

Boks/MMA

Rasman: IBF Jey Opetayyani chempionlik kamaridan mahrum qildi

Xalqaro boks federaciyasi (IBF) avstraliyalik 30 yoshli Jey Opetayyaga hukm o'qidi.

U 8 mart kuni Dana Uayt Zuffa Boxing shousi doirasida o'tkazilgan Brendon Glentonga qarshi ruxsat etilmagan jangda ishtirok etgani uchun tashkilotning birinchi og'ir vazn toifasidagi chempionlik kamaridan mahrum etildi.

IBF Opetayyaning Glentonga qarshi ixtiyoriy himoyasiga qarshi sankciyasini bekor qildi, chunki ularning jangida Zuffa chempionlik kamari o'rtaga qo'yilgandi - bu tashkilot IBF tomonidan tan olinmagan.

Sankciya bekor qilingan vaqtda (jangdan 48 soatdan kamroq vaqt oldin) Opetayya chempionlik jangiga ruxsat berish uchun IBF’ga taxminan 80 ming dollar miqdorida badal to'lagan, biroq ertasi kuni bu pullar unga qaytarilgan.

IBF uni kamaridan mahrum qilmoqchi ekanligidan xabar topgan Opetayya Dana Uaytning advokatlari ko'magida IBF`ga qarshi sudga murojaat qildi, ammo bu tashkilotning poziciyasini o'zgartirishga yordam bermadi.

Avvalroq Dana Uayt IBF Opetayya - Glenton jangida ramziy emas, balki haqiqiy chempionlik sifatida elon qilingan Zuffa kamari o'ynalishini bilganini takidlagan edi. Biroq, bu davo haqiqatga to'g'ri kelishi dargumon, chunki Opetayyaning o'zi tan olishicha, u IBF kamariga janglar uchun amal qiladigan qoidaga muvofiq jang kuni qayta vazn o'lchashdan o'tgan, ammo birlashtiruvchi janglar uchun emas.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing