08 mar 17:24
Yangiliklar
Rasman: IBF Zuffa sabab Jey Opetayyani chempionlikdan mahrum qiladi
Agar Jey Las-Vegasdagi Zuffa Boxing 4 turnirining markaziy jangida Brendon Glentonga qarshi ringga ko'tarilsa, IBF uni birinchi og'ir vazn toifasidagi jahon chempionligidan mahrum etishini rasman malum qildi. Tegishli bayonot tashkilot tomonidan aytildi.
Dastlab IBF ushbu jangni ixtiyoriy titul himoyasi sifatida maqullagan, biroq keyinchalik fikridan qaytgan. Bunga tomonlarning asosiy to'rtlikka kirmaydigan, ammo chempionlik kamari sifatida etirof etilayotgan Zuffa Boxing kamarini o'ynash niyati sabab bo'lgan.
IBF qoidalarida birlashtiruvchi janglar faqat WBA, WBC va WBO kamarlari egalari bilan o'tkazilishi ko'rsatilgan. Opetayya jamoasining Zuffa kamari ramziy sovrindan boshqa narsa emasligi haqidagi bayonotiga qaramay, rasmiy matbuot anjumanida u IBF va The Ring kamarlari bilan bir qatorda elon qilindi.
SHu tariqa, Opetayya faoliyatida ikkinchi marta IBF chempionlik kamaridan mahrum bo'ladi. U birinchi marta 2023 yilda Mayris Briedisga qarshi majburiy himoya o'rniga britaniyalik Ellis Zorroga qarshi jang uchun kamaridan ayrilgandi.

Fikrlar