01 may 20:16
Yangiliklar
Boks/MMA

Rasman. Jorj Kambosos ishtirokidagi chempionlik jangi elon qilindi
Avval xabar berganimizdek, prof boksning super engil vazn toifasida IBF chempioni Richardson Xitchins keyingi himoya jangini avstraliyalik Jorj Kambososga qarshi o'tkazadi.
Bellashuv 14 iyun kuni Nyu-Yorkdagi (AQSH) "Medison-Skver Garden"da tashkil etiladi.
Eslatib o'tamiz, Kambosos 22 mart kuni Jeyk Uilli ustidan g'alaba qozonganidan keyin Xitchinsni jangga chorlagan edi.
Richardson esa 7 dekabr kuni Liam Paroni ochkolar hisobiga ko'ra taslim etib, IBF kamarini qo'lga kiritgandi.
Havola :
Manba : The Ring
Fikrlar