26 apr 10:53
Yangiliklar
Boks/MMA

Rasman: Maks Xollouey va Dastin Pore UFC 318 turnirida! Trilogiya kamar uchun bo'ladi + POSTER
Maks Xollouey va Dastin Pore o'rtasidagi uchinchi jang 19 iyul kuni AQSHning Luiziana shtati, Nyu-Orlean shahridagi UFC 318 turnirida bo'lib o'tadi.
Bu bahsda BMF kamari o'rtada turadi. Bu haqda UFC rasmiy sayti xabar berdi.
Eslatib o'tamiz, Xollouey va Pore o'rtasidagi birinchi jang 2012 yil fevral oyida bo'lib o'tgan va unda Pore birinchi raundda bo'g'ish usuli bilan g'alaba qozongan edi. Ikkinchi jang esa 2019 yil aprel oyida bo'lib o'tgan va bu safar Pore hakamlarning yakdil qarori bilan g'alaba qozongan.
Havola :
Manba : UFC
Fikrlar