15 okt 11:54
Yangiliklar
Boks/MMA

Rasman! Maxachev UFC 254 turnirida oktagonga chiqmaydi
Rossiyalik UFC jangchisi Islam Maxachev 24 oktyabr kungi UFC 254 turnirida oktagonga chiqmaydigan bo'ldi.
Avval xabar berilganidek, Maxachevning raqibi Rafael dos Anosda koronavirus tasdiqlangani sababli jang bekor qilingan edi. Maxachev — dos Anos jangi "Janglar oroli"da o'tkaziladigan Xabib Nurmagomedov — Jastin Getji to'qnashuvi doirasida tashkil etilishi rejalashtirilgandi.
Malumot uchun, Islam Maxachev UFC reytingida 11-o'rinni egallab turibdi. U o'zining so'nggi jangini shu yil sentyabr oyida Devi Ramosga qarshi o'tkazib, ochkolar bo'yicha g'alaba qozongandi. Islam UFC promoushenida 8 ta jang o'tkazgan bo'lib, ularning 7 tasida zafar quchgan.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar