14 okt 07:20
Yangiliklar

Rasman! Merab Dvalishvili Guskov jang qiladigan oqshomda kamarini himoya qiladi + POSTER
Gruziyalik aralash yakkakurash ustasi 7 dekabr tonggida AQSHning Las-Vegas shahri mezbonlik qiladigan yilning so'nggi raqamli turniri - UFC 323`da rossiyalik sobiq divizion chempioni Petr Yanga qarshi oktagonga ko'tariladi.
Bu revansh maqomidagi jang bo'ladi. Ular o'rtasidagi ilk jang 2023 yilning mart oyida o'tkazilib, unda Dvalishivli hakamlarning yakdil qarori bilan ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozongandi.
O'sha jangdan keyin Pyotr Yan Song Yadong, Deyveson Figeredo va Markusa Makgini ochkolar hisobi bilan mag'lub etdi. Merab Dvalishvili esa amerikalik SHon O’Mellidan kamarni tortib oldi va uni shu yilning o'zida uch marotada muvaffaqiyatli himoya qildi. Merab 4 oktyabr kuni Las-Vegasda o'tgan UFC 320 turnirida amerikalik Kori Sendxagenni hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lubiyatga uchratgandi.
Fikrlar