16 mar 15:35
Yangiliklar
Stol tennisi
Rasman! Osiyo uchun mo'ljallangan licenzion musobaqa nomalum muddatga qoldirildi
Butun dunyoda keng tarqalib borayotgan va “asr vabosi“ga aylanayotgan koronavirus sabab yana bir nufuzli musobaqa nomalum muddatga qoldirildi.
Aniqrog'i, 6-12 aprel kunlari Tailandning Bangkok shahrida o'tkazilishi belgilangan stol tennisi bo'yicha Tokio olimpiadasiga yo'llanma beruvchi Osiyo mintaqalari uchun o'tadigan licenzion musobaqa rasman nomalum muddatga qoldirildi. Bu haqida musobaqa tashkilotchilari malum qilishdi.
Eslatib o'tamiz, o'tgan haftada koronavirus sabab stol tennisi bo'yicha joriy yilning 22-29 mart kunlari Janubiy Koreyaning Pusan shahrida o'tishi kerak bo'lgan jahon chempionati, 1-5 aprel kunlari Italiyaning Richchone shahridagi jahon pro-turi reyting musobaqasi, 21-23 aprel kunlari Eronning Tehron shahrida yoshlar va o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionati kvalifikacion turniri bekor qilingandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar