13 jan 09:45
Yangiliklar
Boks/MMA
Rasman: Rayan Garsiya - Mario Barrios jangi tasdiqlandi + POSTER
Yarim o'rta vazn toifasida WBC chempioni Mario Barrios navbatdagi jangini amerikalik mashhur bokschi Rayan Garsiyaga qarshi o'tkazadi.
Tashkilotchilarning malum qilishicha, ushbu jang 21 fevral kuni Las-Vegas shahrida o'tkaziladi va The Ring: High Stakes boks oqshomining asosiy voqeasi bo'ladi.
Malumot uchun, 30 yoshli Mario Barrios (29-2-2, 18KO) so'nggi bor o'tgan yilning iyul oyida ringga ko'tarilgandi. O'shanda u afsonaviy Menni Pakyaoga qarshi jangda durang natija qayd etgan edi. U Garsiyaga qarshi jangga raqibining sobiq murabbiyi Jo Gussen qo'l ostida tayyorgarlik ko'radi.
27 yoshli Rayan Garsiya (24-2, 20KO) so'nggi jangini 2025 yilning may oyida o'tkazib, Roland "Rolli" Romeroga imkoniyatni boy bergandi. O'sha jangda yarim o'rta vazn toifasida vakant bo'lgan WBA Regular kamari o'rtaga qo'yilgan edi.

Havola :
Manba : allboxing
Fikrlar