02 mar 09:17
Yangiliklar
Sport kurashlari
Rasman! Razambek Jamalov Toshkentdagi PWL 11 turnirida kimga qarshi jang qilishi malum bo'ldi (POSTER)
27 mart kuni Toshkentdagi "Humo Arena" inshootida sport kurashlari bo'yicha PWL 11 turniri bo'lib o'tadi.
Avvalroq, musobaqada erkin kurash bo'yicha Olimpiya o'yinlari g'olibi (2024), O'zbekiston terma jamoasi azosi Razambek Jamalov ham ishtirok etishi haqida xabar bergan edik.
Tashkilotchilarning malum qilishcha, Jamalovga PWL 11 turnirida Belgiya vakili Ibragim Veliev raqiblik qiladi. Bahs erkin kurash qoidalari bo'yicha 74 kg vazn toifasida o'tkaziladi.
Bu Razambek uchun Parij Olimpiadasidan keyingi ilk bellashuv bo'ladi. 26 yoshli Ibragim Veliev 74 kg vazn toifasida dunyo reytingida 14-o'rinni egallab turibdi.

Havola :
Manba : instagram.com/wrestliga_com
O’xshash yangiliklar
11:11
Razambek Jamalov va G'ulomjon Abdullaev chempion, yana ikki erkin kurashchimiz ham shohsupada (FOTO) 0
Fikrlar