11 apr 15:17
Yangiliklar
Futbol

Rasman: Saloh "Liverpul"da qoldi!
"Liverpul" vingeri Muhammad Saloh klub bilan yangi mehnat shartnomasini imzoladi.
Bu haqda mersisaydliklar matbuot xizmati malum qildi. Endi 32 yoshli misrlik futbolchining ingliz grandi bilan shartnomasi 2027 yilning yozigacha amal qiladi.
Saloh 2017 yildan beri "Liverpul" sharafini himoya qilib kelmoqda. U shu vaqt mobaynida 394 o'yinda ishtirok etib, 243 ta gol urdi va 111 ta golli uzatma berdi.
Saloh "qizillar" safida Angliya chempioni unvonini oldi, mamlakat Kubogi va Superkubogini qo'lga kiritdi, ikki marta Angliya Liga kubogini yutdi hamda CHempionlar Ligasi g'olibi bo'ldi. Bundan tashqari, hujumchi UEFA Superkubogi va klublar o'rtasidagi JCH g'olibligiga erishdi.
Havola :
Manba : liverpool.com
Fikrlar