So’nggi yangiliklar

20:13Усман Нурмагомедовнинг UFC`даги потенциал рақиби маълум 0 19:42Василий Ломаченконинг қачон рингга қайтиши аниқ бўлди 0 19:11Родри жароҳати сабабли "Барселона"нинг "Атлетико"га қарши ўйинини ўтказиб юборади 0 18:30Самбо бўйича Ўзбекистон терма жамоасининг Жаҳон чемпионати учун таркиби маълум 0 17:17Расман! Тим Цзю Эрисланди Лара билан WBA камари учун жанг қилади 0 17:06Ўзбекистонда 10 минг қадам юрган фуқаролар қимматбаҳо совғалар билан тақдирланиши мумкин 0 16:35Рафинья де Мигелнинг ўлими ҳақида: "Бу ҳар ким билан содир бўлиши мумкин" 0 16:04Жалгасбай Бердимуратовнинг PFL Moscow турниридаги рақиби аниқ бўлди ПОСТЕР 0 15:31Жон МакКарти UFC ҳакамларининг гонорарларини очиқлади 0 15:00UWW 2027 йилги рейтинг турнирлари тақвимини эълон қилди 0 14:29Бруну Фернандеш Кэррик уни захирада қолдиргани ҳақида: "Бу тўғри қарор эди" 0 13:58UFC рейтинги янгиланди: Нолан Топ-10, Смит Топ-15`да 0 13:27Ҳасанбой Дўсматов IBA.Pro чемпионлик камари учун жанг қилади. Рақиб, сана ва манзил аниқ! 0 13:06Zuffa Boxing 13. Жаҳонгир Зокиров ва Раҳматулло Бойматовнинг рақиблари маълум (Тўлиқ кард) 0 12:35Нойер Чемпионлар лигасидаги ўйинлар сони бўйича рекордчига айланди 0

01 iyu 11:55
Yangiliklar

Boks/MMA

Rasman! Saul Alvaresning navbatdagi jangi tasdiqlandi + POSTER

Ikkinchi o'rta vazn toifasida mutlaq jahon chempioni Saul "Kanelo" Alvares navbatdagi jangini 30 sentyabr kuni AQSHning Las-Vegas shahrida o'tkazadi.

Meksikalik mutlaq jahon chempioni Saul Kanelo Alvares birinchi o'rta vazn toifasida mutlaq jahon chempioni, amerikalik Jermell CHarloga qarshi ringga ko'tariladi. Jermall CHarlo Jermellning egizagi bo'lib, u o'rta vaznda WBC chempioni hisoblanadi. 

Aslida Alvares 16 sentyabr - Meksika Mustaqilligi kunida jang o'tkazar edi. Lekin bu safar 16 sentyabr kuni Las-Vegasdagi muhtasham T-Mobile arena UFC turniri uchun band qilingani bois, Kaneloning jangi 30 sentyabrga belgilandi.

Meksikalik 32 yoshli chempion yaqindagina taniqli promouter Eddi Xirn hamda DAZN striming platformasi bilan hamkorlikni to'xtatgandi. U o'zining sentyabr oyiga belgilangan jangini Showtime telekanali orqali elon qildi. 

Alvares aslida Jermall CHarloga qarshi jang o'tkazishi kerak edi. Ammo Jermall jarohati sabab ikki yildan beri ringga chiqmayapti. Boz ustiga rafiqasi bilan ajrashayotgan 33 yoshli CHarlo ajrim, sud jarayoni bilan o'ralashib qoldi. Uning egizagi Jermell esa o'tgan yilning may oyidan beri jang o'tkazmayapti. Dekabr oyida jarohat olgan CHarlo Kanelo bilan jang uchun ikkinchi o'rta vaznga ko'tarilishga rozilik berdi. 

Etiborga molik jihati shundaki, Alvares va CHarlo o'rtasidagi jang tarixiy ahamiyatga ega bo'ladi. SHu kungacha boks olami ikki vazn toifasida mutlaq jahon chempionlari o'rtasidagi jangga shohid bo'lmagandi. 

Fight Freaks Unite malumotiga ko'ra, Alvaresning raqibi o'zgarganiga qaramay, uning kafolatlangan 40 mln dollarlik gonorari o'z kuchida qoladi. Meksikalik Showtime va Premier Boxing Champions bilan 3 ta jang uchun shartnoma imzolagan. 

Kelishuvga ko'ra uning keyingi raqiblari Jermall CHarlo, Devid Benavides, Devid Morrell, Demetrius Andreyd va Errol Spens bo'ladi.  Yani, Kanelo nomlari zikr etilgan bokschilardan uch nafari bilan jang o'tkazadi.

Reyting: +1   

Fikrlar

   
01 iyu 15:40:23
CHELSEA2211
Jiddiy raqiblar bir biri uchun...
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing