05 jan 20:44
Yangiliklar
Rasman. SHahram G'iyosovning navbatdagi jang sanasi va raqibi malum +POSTER
SHahram G'iyosov faoliyatidagi o'n beshinchi jangini 2024 yil 24 fevral kuni Orlandoda o'tkazadi. O'sha kuni hamyurtimizga meksikalik bokschi Pablo Sezar Kano raqiblik qiladi. Jang g'olibi WBA kamari uchun rasmiy davogarga aylanadi.
Malumot uchun, SHahram prof boksda hozirgacha 14 ta jang o'tkazgan va ularning barchasida g'alaba qozongan. Janglarining to'qqiztasida muddatidan ilgari zafar quchgan.
Uning bo'lajak raqibi Pablo Sezar Kano esa faoliyati davomida 44 ta jang o'tkazgan va ularning 35 tasida g'alaba qozongan, 8 ta jangda mag'lub bo'lgan va 1 tasida durang qayd etilgan.
Ahamiyatlisi, Pablo faoliyati davomida ikki bor jahon chempionlik kamarlari uchun jangga chiqqan va har ikki jangda mag'lub bo'lgan.
Fikrlar