22 iyu 05:58
Yangiliklar
Boks/MMA
Rasman: SHohjahon Ergashevning navbatdagi jangi tasdiqlandi + POSTER
10 avgust kuni AQSHning Michigan shtati Detroyt shahrida biz uchun ahamiyatli boks oqshomi bo'lib o'tadi.
Salita Promotion promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etilayotgan ushbu boks oqshomi doirasida hamyurtimiz SHohjaxon Ergashev ham ringga ko'tariladi. Aynan ushbu kompaniyaning mijozi bo'lgan charm qo'lqop ustamizga bo'lajak jangda meksikalik Anxel Martines Ernandes raqiblik qiladi.
Eslatib o'tamiz, SHohjaxon Ergashev so'nggi bor 26 may kuni Luis Alberto Veronga qarshi jang qilgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar