28 jan 19:08
Yangiliklar
Boks/MMA
Rasman: Tayson Fyuri qaytmoqda. Raqib va jang sanasi aniq
Turki al ash-SHayx Tayson Fyurining navbatdagi jangini anons qildi.
Unga ko'ra, britaniyalik sobiq Jahon chempioni Tayson Fyuri uzoq tanaffusdan so'ng navbatdagi jangini rossiyalik Arslanbek Maxmudovga qarshi o'tkazadi.
Ushbu jang 11 aprel kuni o'tkaziladi.
Malumot uchun, Tayson Fyuri so'nggi jangini 2024 yilda Aleksandr Usikka qarshi o'tkazib, mag'lubiyatga uchragan.
36 yoshli rossiyalik Arslanbek Maxmudov esa so'nggi jangini 2025 yilning oktyabr oyida Devid Allenga qarshi o'tkazib, ochkolar evaziga g'olib bo'lgan.

Havola :
Manba : The Ring
Fikrlar