03 noy 07:51
Yangiliklar
Boks/MMA

Rasman. Tokio-2020 Olimpiadasida bokschilar qaysi vaznda ishtirok etishi malum bo'ldi
SHu kunlarda Rossiya Federaciyasi poytaxti Moskva shahrida Havaskor bokschilar associaciyasi (AIBA)ning hisobot-saylov Kongressi bo'lib o'tmoqda.
AIBA texnik qo'mitasi rahbari Pet Fiako o'zining hisobotida Tokio-2020 Olimpiadasining boks musobaqasida erkaklar va ayollar qaysi vazn toifalarida medallar uchun bahs olib borishini malum qildi.
Fiakoga ko'ra, Olimpiadada rasman erkaklar 8ta, ayollar 5ta vazn toifasida ringga ko'tarilishadi. Tokio Olimpiadasida erkak bokschilar soni jami 214, ayollar esa 72 nafarni tashkil etishi ham tasdiqlandi.
Erkak bokschilarning vazn toifalari: 52 kg, 57 kg, 63 kg, 69 kg, 75 kg, 81 kg, 91 kg, 91+ kg.
Ayol bokschilarning vazn toifalari: 51 kg, 57 kg, 60 kg, 69 kg, 75 kg.
Kamoliddin ALIMOV, Moskva, Rossiya Federaciyasi
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar