16 apr 07:52
Yangiliklar
Boks/MMA

Rasman! Toshkent mezbonlik qiladigan Octagon 72 turnirining ikki asosiy jangi elon qilindi
11 may kuni Toshkent shahridagi "Humo arena" majmuasida MMA bo'yicha Octagon 72 turniri tashkil etiladi.
Qozog'istonning Octagon League tashkiloti o'tkazadigan mazkur musobaqaning ikki asosiy bellashuvi malum bo'ldi.
Unga ko'ra, markaziy jangda engil vazn toifasida Liganing o'zbekistonlik amaldagi chempioni Doston Bozorov (11-1) Tojikiston vakili Fazliddin Madrahimov (14-5-1) bilan to'qnash keladigan bo'ldi. Yodingizda bo'lsa, Madrahimov so'nggi ikki jangini hamyurtimiz Muhiddin Mamajonovga qarshi o'tkazib, dastlabkisida g'olib bo'lgandi, ikkinchi jangda esa durang qayd etilgan.
Co main event esa aynan Muhiddin Mamajonov (7-1-1) ishtirokida o'tkaziladi. Hamyurtimizga o'sha kuni mag'lubiyatsiz odimlayotgan qozog'istonlik Sayat Abduali (7-0) raqib bo'ladi.
Havola :
Manba : octagonleague
Fikrlar