23 avg 09:01
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/233146_220.jpg)
Rasman: UFC 279 kechasi uchun navbatdagi qiziqarli jang tasdiqlandi + POSTER
Rossiyalik aralash yakkakurash ustasi Denis Tyulyulin 11 sentyabr kuni bo'lib o'tadigan UFC 279 turnirida Jeymi Pikettga qarshi oktagonga ko'tariladi.
Jangchilar 10 iyul kuni UFC Vegas 58 turnirida to'qnash kelishi kerak edi. Ammo, Denis Tyulyulinning jarohati tufayli jang qoldirilgan. 34 yoshli Tyulyulin mashg'ulot jarayonida jarohat olganini malum qilgandi.
Malumot uchun, Denis Tyulyulin UFCʼda bitta jang o'tkazgan. U UFC on ESPN 33turnirida hamyurti Aliasxab Xizrievga bo'g'ish usuli bilan mag'lub bo'lgan.
Jeymi Pikett esa so'nggi jangida Kayl Dakasga imkoniyatni boy bergan edi. Pikett UFCʼda beshta jang o'tkazgan. Ularning 2 tasida g'alaba qozongan, qolgan 3ta jangda esa mag'lubiyat alamini totib ko'rgan.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar