01 sen 12:09
Yangiliklar
Boks/MMA

Rasman! UFC afsonasi faoliyatini yakunladi
Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Daniel Korme faoliyatini yakunlaganini elon qildi.
“Yana oktagonga qaytish rejam yo'q. Faoliyatim davomida ilk bor ketma-ket ikkita jangda imkoniyatni boy berdim. Ketish payti kelganini vaqtida anglash lozim. Mag'lubiyatimga asosiy sabab — keksalik. Vaqt bilan kurashib bo'lmaydi. Miochichga qarshi jangda g'alaba uchun barchasini qildim, lekin omad biroz kelmadi. Endi esa ketish kerak. Barini sog'inaman. lekin endi barchasi tugadi”, - dedi Korme.
Eslatib o'tamiz, Daniel Korme so'nggi ikki jangini Stipe Miochichga qarshi o'tkazib, har ikkisida ham imkoniyatni boy berib qo'ygandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar