28 jan 13:12
Yangiliklar

Rasman! UFC Aleks Pereyra - Israel Adesanya revansh jangini tasdiqladi
O'rta vazn toifasida UFC chempioni, braziliyalik Aleks Pereyra (7-1) hamda sobiq chempion Israel Adesanya (23-2) o'rtasidagi revansh jangi qachon va qaerda o'tkazilishi malum bo'ldi.
Unga ko'ra, mazkur jang 8 aprel kuni UFC 287 turniri doiraisida bo'lib o'tadi. Musobaqa Mayami (AQSH)da tashkil etilishi xabar qilingan. SHuningdek, ushbu jangni UFC News nashri ham tasdiqladi. Pereyra - Adesanya qarama-qarshiligi UFC 287 musobaqasining markaziy jangi bo'ladi.
Hozirgacha UFC 287 turniri kardidan Rob Font - Adrian Yanez, Raul Rosas - Kristian Rodriges kabi janglar o'rin olgan.
Malumot uchun, Aleks Pereyra va Israel Adesanya o'rtasidagi UFC'dagi ilk jang UFC 281 musobaqasi doirasida o'tkazilgan edi, mazkur jangda Pereyra muddatidan avval g'alaba qozonib, o'rta vazn toifasidagi chempionlik kamarini qo'lga kiritgan edi.
Pereyra va Adesanya bungacha Glory promoushenida ham ikki bor to'qnash kelgan va ularning har ikkisida Pereyra g'olib bo'lgan.
Fikrlar