15 fev 11:05
Yangiliklar
Boks/MMA

Rasman: UFC Aleksey Oleynik - Ilir Latifi jangini tasdiqladi + POSTER
UFC matbuot xizmati rossiyalik Aleksey Oleynik hamda shveciyalik Ilir Latifi o'rtasidagi jang rasman tasdiqlangani haqida xabar berdi.
Og'ir vazn toifasidagi ushbu jang 26 mart kuni AQSHning Kolambus shahrida tashkil etiladigan UFC turniri doirasida o'tkaziladi. Aleksey bir muddat avval, aniqrog'i, 22 yanvar kuni o'tkazilgan UFC 270 turnirida amerikalik Greg Xardiga qarshi jangdan bosh tortgandi.
Malumot uchun, 44 yoshli Aleksey Oleynik MMAdagi faoliyati davomida 75 ta jang o'tkazgan bo'lib, 59 g'alaba va 16 mag'lubiyat qayd etgan. Latifi esa 24 ta jangda oktagonga ko'tarilgan. Hisobida 15 g'alaba va 8 mag'lubiyat bor. Yana bir jang o'tkazilmagan deb topilgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar