02 sen 08:53
Yangiliklar
Boks/MMA

Rasman. UFC chempioni Usmanning Byornsga qarshi jang sanasi malum + POSTER
Yarim o'rta vazn toifasida UFC chempioni Kamaru Usmanning navbatdagi jang sanasi elon qilindi.
Nigeriyalik chempion 12 dekabr kuni rasmiy davogar Gilbert Byornsga qarshi oktagonga chiqadi. Ushbu bahs UFC 256 turnirining markaziy jangi bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, aslida Usman va Byorns 11 iyul kuni Abu-Dabidagi "Janglar oroli"dagi UFC 251 turniri doirasida o'tkazilishi kerak edi. Jangga oz muddat qolganida braziliyalik jangichida koronavirus aniqlangandi. Byornsning o'rnini Xorxe Masvidal egallagan edi.
Havola :
Fikrlar