18 iyu 00:49
Yangiliklar
Boks/MMA
RASMAN. UFC Islam Maxachevning keyingi raqibi, jang sanasi va manzilini elon qildi!
Yarim o'rta vazn toifasidagi rossiyalik amaldagi UFC chempioni Islam Maxachevning navbatdagi jangi tafsilotlari malum bo'ldi.
34 yoshli Islam Maxachev yarim o'rta vazndagi ilk chempionlik himoya jangini 15 avgust kuni AQSHning Pensilvaniya shtati, Filadelfiya shahrida joylashgan Xfinity Mobile arenasida tashkil etiladigan UFC 330 turnirida o'tkazadi.
Unga Irlandiya vakili Ien Machado Gerri raqiblik qiladi. Jang turnirning asosiy voqeligi bo'ladi.
Ko meyn iventda esa Makkenzi Dern o'z chempionlik kamarini Jillian Robertsondan himoya qilishga urinib ko'radi.
Malumot uchun, Islam Maxachev faoliyati davomida hozirgacha 29 ta jang o'tkazib, 28 ta g'alaba va 1 ta mag'lubiyat qayd etgan. 28 yashar Gerri hisobida esa 21 ta g'alaba va 1ta mag'lubiyat bor.

Havola :
Manba : ufc.com
Fikrlar