01 sen 13:12
Yangiliklar
Boks/MMA

Rasman! UFC Jon Jonsni kamaridan mahrum qildi
UFC amerikalik jangchi Jon Jonsni yarim og'ir vazn toifasidagi chempionlik kamaridan mosuvo qildi.
Bir muddat avval Jons og'ir vazn toifasiga o'tishini elon qilgandi. Bugundan rasman unga tegishli bo'lgan yarim og'ir vazndagi UFC kamari vakant, yani egasiz bo'lib qoldi.
Ayni paytda ushbu vazn reytingining kuchli uchligidan Dominik Reyes, Tyagu Santos va Yan Blaxovich joy olgan. Aynan ular endi vakant qolgan kamar uchun jang qilishadi. Jon Jons hamon vazn toifasidan qatiy nazar P4P reytingida peshqadam bo'lib turibdi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar