So’nggi yangiliklar

22:18Емельяненко, Махачев ва бошқалар. Самбо бўйича Жаҳон чемпионати олдидан матбуот анжумани ташкил этилди (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 19:49Сабирханга ўзбекистонлик нокаутчидан узоқроқ бўлиш тавсия этилди 0 17:29ММА афсонаси Фёдор Емельяненко ва амалдаги UFC чемпиони Ислам Махачев Тошкентга етиб келди + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 16:36UFC Илия Топуриянинг қайтиш муддатини маълум қилди 0 16:05Ноябрь ойидаги ўртоқлик учрашларимизнинг бошланиш вақтлари маълум 0 15:34Байсангур Сусуркаев Дамиан Пинас билан жангини тасдиқлади 0 15:03Бобур Абдулазизов Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:32Дана Уайт Махачевнинг жангдан воз кечишининг сабабини айтди 0 14:01Суперлига. Бугун 27-турга старт берилади 0 13:30Дакар-2026 Олимпиадасида бугун 3 нафар ўзбекистонлик баҳсларга киришади 0 12:59Уайлдер қайтмоқда. У Фьюри - Жошуа жанги андеркардида рингга чиқади + ПОСТЕР 0 12:28Ҳумоюн Бегмуратов — Жаҳон чемпиони! 0 11:56Sofascore. Ҳусанов яна бир бор ҳимоядаги шериклари орасида энг яхшиси 0 11:25Богдан Гусков: "Уиттакер кўчадан келган болакай эмас!" 0 10:54Полина Кудерметова Chennai Open 1/4 финалига йўл олди 0

08 dek 11:12
Yangiliklar

Boks/MMA

Rasman. UFC Londonga qaytmoqda + POSTER

Teglar :  UFCLondon
Buyuk Britaniyaning London shahri yana bir bor UFC promousheni turniriga mezbonlik qiladi.

Bu haqda rasman liga rahbarlari xabar berishdi. Unga ko'ra, 2023 yilning 18 mart kuni Londondagi The O2 arenada UFC 286 turniri bo'lib o'tadi. Katta ehtimol bilan oqshomning markaziy jangi asli kelib chiqishi yamaykalik, hozirda Britaniya sharafini himoya qilayotgan Leon Edvards hamda nigeriyalik Kamaru Usman o'rtasida o'tkaziladi. 

Ushbu trilogiya jangiga qiziqish juda yuqori. SHu yilning 20 avgust kuni Solt-Leyk-Sitida o'tgan UFC 278 turnirida Leon Edvards dunyoni shok holatiga tushirib qo'ygandi. Ochkolar hisobiga ko'ra raqibiga yutqazayotgan Leon jang yakunlanishiga 56 soniya qolganda oyoq bilan kuchli va aniq zarba yo'llab, Kamaru Usmanni nokautga uchratgan hamda UFC chempioniga aylangan edi. Bu bilan Edvards 7 yil avvalgi mag'lubiyat uchun Usmandan revansh ham olgandi. 

Malumot uchun, The O2 arena 2022 yil hisobida ikkita UFC turnirini qabul qildi. Mart oyida UFC Fight Night 204, iyulda esa UFC Fight Night 208 turnirlari britaniyalik muxlislar tomonidan katta qiziqish bilan qarshi olindi. 

Britaniyadagi so'nggi raqamlangan UFC turniri esa 2016 yilning oktyabr oyida o'tkazilgan edi. Manchester shahrida o'tgan UFC 204 turnirida britaniyalik Maykl Bisping o'rta vazndagi chempionlik kamarini Den Xendersondan muvaffaqiyatli himoya qilgandi. Londonning o'zidagi so'nggi raqamlangan UFC turniri esa 2010 yilning oktyabriga to'g'ri keladi. O'shanda ham Bisping UFC 120 turnirining markaziy jangida yaponiyalik Yoshixiro Akiyamadan ustun kelgan edi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing