24 may 09:26
Yangiliklar
Boks/MMA

Rasman! WBO Entoni Joshua - Aleksandr Usik jangini belgiladi
Butunjahon boks uyushmasi (WBO) tashkiloti rasman Entoni Joshua va Aleksandr Usik o'rtasidagi jangni belgiladi.
Bokschilarning jamoalariga kelishib olishlari uchun 10 kun muxlat berildi. Agar belgilangan muddatda kelishuv amalga oshmasa, jang bo'yicha promouterlar o'rtasida ochiq savdo o'tkaziladi. Jang uchun belgilangan eng kam baho 1 million dollar qilib belgilangan. Mukofot jamg'armasi bokschilarga 80 ga 20 foiz miqdorida taqsimlanadi (Entoni Joshua foydasiga).
Eslatib o'tamiz, WBO ushbu jangni tashkil qilishiga Deontey Uaylderning Tayson Fyuri bilan uchinchi jangni o'tkazish maqsadida sport Arbitraj sudiga murojat qilgani va o'z foydasiga qaror chiqarilgani sabab bo'ldi. Entoni Joshua va Tayson Fyuri jangi esa 14 avgust kuni Saudiya Arabistonida o'tkazilishi kerak edi.
Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar