06 sen 16:31
Yangiliklar
Boks/MMA

Rasman. Xabib – Getji jangining qaerda o'tkazilishi malum
24 oktyabr kuniga belgilangan UFC 254 turnirining qaerda o'tkazilishi malum qilindi.
Taxmin qilinganidek, ushbu orziqib kutilayotgan aralash yakkakurash oqshomi BAA poytaxti Abu-Dabidagi Yas orolida bo'lib o'tadi. "Janglar oroli"da tashkil etiladigan turnirning markaziy jangi engil vaznda UFC chempioni Xabib Nurmagomedov hamda vaqtinchalik chempion Jastin Getji o'rtasida kechadi.
Xabarda aytilishicha, UFC turnirlari 26 sentyabrdan Abu-Dabiga qaytadi va 24 oktyabr kungi Xabib – Getji oqshomi bilan yakuniga etadi. Yasdagi "Janglar oroli"da jami 5 ta turnir o'tkaziladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar