17 may 10:34
Yangiliklar
Boks/MMA
Rasman! Yan Blaxovich - Aleks Pereyra jangi ham tasdiqlandi
29 iyul kuni o'tkaziladigan UFC 291 turniri uchun yana bir qiziqarli jang belgilandi.
Sobiq UFC chempioni Yan Blaxovich hamda braziliyalik Aleks Pereyra UFC 291 turniri oktagonida o'zaro to'qnash keladigan bo'lishdi. Promoushenning rasmiy Tvitter sahifasida bu haqda xabar berildi.
Ushbu turnir 29 iyul kuni AQSHning Solt-Leyk-Siti shahridagi "Vivint-Arena"da bo'lib o'tadi. Bu Aleks Pereyra uchun yarimog'ir vazn toifasidagi ilk jang bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, Blaxovich so'nggi jangini UFC 282 turniri doirasida rossiyalik Magomed Ankalaevga qarshi o'tkazib, durang natija qayd etgandi. Aleks Pereyra esa shu yilning aprel oyida Israel Adesanyaga nokaut bilan yutqazib, o'rta vazn toifasidagi UFC chempionlik kamarini boy bergan edi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar