09 fev 19:41
Yangiliklar
Dzyudo

Rasulov kechki dasturda bronza medali uchun tatamiga chiqadi
Parij shahri mezbonlik qilayotgan "Katta Dubulg'a" turnirining saralash bahslari yakuniga etib bormoqda.
Hozirgina -81 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Kamoliddin Rasulov bronza medali yo'lidagi o'tish bellashuvida mo'g'ulistonlik Dorin Gotonagaga qarshi tatamiga chiqdi.
Murosasiz kechgan bahs yakunida yurtdoshimiz kuchli raqibini mag'lubiyatga uchratib, kechki dasturda bronza medali uchun kurashish imkoniyatini qo'lga kiritdi. Kamoliddinning bronza uchun kurashdagi raqibi aynan Boltaboevdan engilgan yaponiyalik dzyudochi bo'ladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
O’xshash yangiliklar
12:31
Nukus shahri mezbonlik qilayotgan O'zbekiston Kubogining ilk kungi g'oliblari malum FOTOGALEREYA 0
Fikrlar