21 mar 09:51
Yangiliklar
Boks/MMA
Raul Kuriel SHahram G'iyosov emas, Rayan Garsiya bilan jang qilish niyatida
Bu haqda bokschi Boxing Scene nashriga bergan intervyusida malum qildi.
"Jamoam bilan birga Garsiyaga qarshi jang uchun harakat qilyapmiz. Men WBC yo'nalishi bo'yicha Jahon chempioni bo'lish imkoniyatini olmoqchiman. Garciyaga qarshi jang qilib, uni mag'lubiyatga uchratishim uchun imkoniyatim etarlicha, deb o'ylayman. Uni ancha vaqtdan beri, birga sparring tushgan paytlarimizdan buyon taniyman. Hozir yaxshi holatdaman. WBC prezidenti Mauricio Suleyman bu jangga nima deyishini kutyapmiz. Men har qanday raqib bilan jang qilaman, lekin Rayan bilan jang qilish imkoniyati tug'ilsa, uni darhol qabul qilaman", deydi Kuriel.
Avvalroq, manbalar Raulning hamyurtimiz SHahram G'iyosovga qarshi WBA Regular kamari uchun jang qilishi haqida xabar bergandi.

Havola :
Manba : Boxing Scene
Fikrlar