So’nggi yangiliklar

16:50Рамазон Темиров Стив Эрцегга қарши жангга тайёрланиш учун қанча харажат қилганди? 0 16:06Жаҳон чемпиони Асланбек Шимбергенов боксдаги фаолиятини якунлади 0 15:26Ўзбекистон - Туркия ва бошқалар. Бутунжаҳон шахмат Олимпиадасининг 4-кунидан ОНЛАЙН НАТИЖАЛАР 0 15:15УЕФА ва КОНКАКАФ ФИФАдан ҳар бир федерацияга 10 млн доллардан тўлашни талаб қилди — L’Équipe 0 14:38Японияда ООК Ижроия қўмитасининг йиғилиши бўлиб ўтди 0 13:30Маҳмуд Мурадов олти нафар рақибга қарши жанг қилиб, қанча пул ишлаб олиши аниқ бўлди 0 12:16Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси. 3-турдан сўнг турнир жадвали қандай кўринишда? 0 11:30Бундеслиганинг барча даврлар рекорди янгиланди 0 10:15Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: йигитлар Туркия билан, қизлар эса Аргентинага қарши дона суришади 0 09:57Шаҳзодбек Ярашев Чеченистонда ўтказилган эркин кураш турнирида совриндор бўлди 0 08:45Баҳодир Жалолов 17 октябрь куни жанг қилади 0 07:52Хаби Алонсо АПЛнинг антирекордини такрорлади 0 22:25Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Иккита терма жамоамиз мағлубиятларни қабул қилиб олди 0 18:30Александр Волкановски Рамазон Темировнинг вазнидаги чемпион ҳақида фикр билдирди 0 17:12"Райан Гарсия фақат фаолиятини тугатган жангчилар билан жанг қилмоқчи" - Теренс Кроуфорд 0

23 mar 15:02
Yangiliklar

Sport kurashlari

Ravshan Ro'ziqulov: "Qo'shma yig'in har ikki tomon uchun ham foydali bo'ldi"

Teglar :  Yunon-rum kurashi
SHu kunlarda yunon-rum kurashi bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Toshkent viloyatining Angren shaharchasida joylashgan "Yangiobod" sport bazasida o'quv-mashg'ulot yig'ini o'tkazmoqda.

Xabar berganimizdek, Ravshan Ro'ziqulov murabbiyligidagi "klassiklar"imiz ikki hafta davomida Qirg'iziston terma jamoasi bilan birgalikda aynan "Yangiobod"da tashkil etilgan qo'shma mashg'ulotda ishtirok etishayotgandi. Kecha ushbu qo'shma yig'in yakuniga etdi. Biz terma jamoa bosh murabbiyi Ravshan Ro'ziqulovning xalqaro mashg'ulot yakunlari bo'yicha fikrlari bilan qiziqdik. 

"O'zbekiston va Qirg'iziston yunon-rum kurashi terma jamoalarining ikki haftalik qo'shma mashg'uloti har ikki tomon uchun ham foydali bo'ldi. Qo'shnilarimiz Toshkentga kuchli tarkib bilan kelishgandi. Kecha Toshkentga jo'nab ketishlari oldidan suhbatlashdik. Mashg'ulotlardan ko'ngillari to'lgani va xursand kayfiyatda Bishkekka qaytayotganlarini aytishdi. Eng muhimi, qo'shma mashg'ulotimiz jarohatlarsiz o'tdi. Yig'in ikkala jamoa uchun ham Qozog'istonda o'tadigan Tokio Olimpiadasining Osiyo licenzion turniriga tayyorgarlik vazifasini o'tab berdi. Hozir 3 ta yo'llanmamiz bor va qolgan shuncha licenziyani Almatidagi turnirda qo'lga kiritishga harakat qilamiz. Qozog'istonga boradigan tarkibni aniqlab olganmiz. Ulardan umidimiz katta. O'zlari ham masuliyatni his qilib turishibdi. Endigi rejalarga to'xtaladigan bo'lsam, "Yangiobod"dagi mashg'ulotlar 27 martgacha davom etadi va keyin Toshkent qaytib, tayyorgarlikning so'nggi bosqichini "Dinamo"da o'tkazamiz", - dedi R.Ro'ziqulov. 

Malumot uchun, 2019 yil Qozog'istonning Nur-Sultan shahri mezbonlik qilgan jahon chempionatida yunon-rum kurashchilarimizdan Elmurat Tasmuradov, Jalgasbay Berdimuratov va Rustam Assakalov Tokio Olimpiadasi yo'llanmasini qo'lga kiritishgandi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing