21 iyu 10:25
Yangiliklar
Boks/MMA
Rayan Garsiya doping uchun qanday jazo olishi malum bo'ldi
Meksikalik bokschi Rayan Garsiya doping sababli kamida bir yil janglarda ishtirok eta olmaydi.
Uning 21 aprel kuni Devin Xeyni bilan jang uchun topshirgan doping testi ijobiy chiqqandi.
"Rayan Garsiyaning yuristlar jamoasi Nyu-Yorkning sport ishlari bo'yicha Komissiyasi bilan kelishuvga erishdi.
Unga ko'ra:
-bokschi kamida bir yilga diskvalifikaciya qilinadi;
-uning 1,1 million dollar miqdordagi rasmiy shartnomasi gonorari olib qo'yiladi (Golden Boy foydasiga, Xeyni ham bundan foizlarga ega bo'ladi);
-10 ming dollar jarima (shtatning maksimal jarimasi), jang natijasi bekor qilinadi.
Bu haqida jurnalist Den Rafael xabar qildi.
Havola :
Fikrlar